GxP HELP — O‘zbekiston farmatsevtika sohasida GxP standartlari (GDP, GPP, GSP va boshqalar)ni joriy etish va kuzatib borishga ixtisoslashgan konsalting kompaniyasi. Biz dorixonalar, distribyutorlar va dori vositalari ishlab chiqaruvchilariga qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlashda, inspeksiyalardan o‘tishda va faoliyat sifatini oshirishda yordam beramiz. Bizning jamoamiz amaliy tajribaga va sohaga oid chuqur bilimlarga ega bo‘lgan ekspertlarni birlashtiradi.
GDP, GPP, GSP, GMP uchun hujjatlarni ishlab chiqish
Biz GDP, GPP, GSP va GMP talablari asosida to‘liq hujjatlar to‘plamini — standart operatsion jarayonlar (SOJ), reglamentlar, yozuv shakllari va o‘quv rejalari — ishlab chiqamiz. Barcha hujjatlar buyurtmachining faoliyatiga moslashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi inspeksiya organlari me’yorlariga to‘liq mos keladi.
Xodimlarni o‘qitish (GDP/GPP, farmstandartlar)
Biz GDP, GPP standartlari va farmatsevtik tartibga solishning boshqa jihatlari bo‘yicha an’anaviy va onlayn o‘qitish kurslarini o‘tkazamiz. Kurslar talablarning amaliy qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, testlar, keýslar va tipik buzilishlar tahlilini o‘z ichiga oladi. Dasturlar turli toifadagi xodimlar uchun mo‘ljallangan: sifat bo‘yicha mutaxassislar va farmatsevtlardan tortib muhandislar, logistlar, xaridlar bo‘limi xodimlari va boshqaruv bo‘g‘inigacha. O‘qitish yakunida sertifikatlar beriladi.
Jarayonlarni xaritalash, malakalash va validatsiya qilish (xonalar, uskuna, saqlash va tashish)
Temperatura xaritalash, xonalar va uskuna malakalash hamda saqlash va tashish jarayonlarini validatsiya qilish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshiramiz. Farmatsevtika standartlariga muvofiqlikni baholaymiz, protokollar ishlab chiqamiz, o‘lchovlar o‘tkazamiz, xatarlarni tahlil qilamiz va nazorat organlari talablariga muvofiq hisobotlar tayyorlaymiz.