Muvaffaqiyatli o‘nlab shartnomalarni imzolaganimizdan so‘ng, biz jamoani iste’dodli mutaxassislar bilan kengaytirdik.
Ijara beruvchi bilan 140 kvadrat metr maydonli nufuzli va shinam hududda ofisni ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzdik.
2024-yil 30-iyulda GxP HELP kompaniyasini tashkil etdik; nomi esa kompaniyaning maqsadidan kelib chiqib o‘z-o‘zidan shakllandi.
Atigi bir yil ichida biz g‘oyani muvaffaqiyatli biznesga aylantirdik, mijozlar ishonchini qozondik va kelajakdagi rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratdik.
2024-yil yanvar oyida biz birinchi shartnomani imzoladik, uni muvaffaqiyatli amalga oshirdik va u kelajak kompaniya uchun start bo‘ldi.
Birinchi yarm yilda birgalikdagi faoliyatimiz natijasida har oy shartnomalar soni bir necha barobarga o‘sdi.
Shuning uchun 2024-yil may oyidan boshlab xodimlar shtatini kengaytirishga qaror qildik: loyihalarni amalga oshirish uchun menejerlarni jalb qildik.
Bu jarayonda bizda ofis yoki uskuna bo‘lmay, faqat g‘oya va bizni motivatsiya qilgan kuchli istak mavjud edi.
Ikki ayol, mutlaqo boshqacha bo‘lsalar-da, bir-birini to‘ldirib, hech qachon o‘z biznesini yuritish yoki uni boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lmagan va bunga qanday erishishni ham bilmagan; faqat orzulari va be-shubha muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin degan tasavvurlari bilan ilhomlangan holda, faqat bir-birlariga ishongan holda birlashib, hamma va har narsaga qaramay oldinga intildilar.
Loyihani amalga oshirish jarayonida muhim burilish nuqtasi O‘zbekiston Respublikasi hududida kelajak kompaniya egalari tomonidan 2024-yil boshida birgalikda amalga oshirilgan va farmatsevtika matbuotida keng yoritilgan birinchi GPP sertifikatimiz bo‘ldi.
Kompaniya tashkil etish g‘oyasi 2022 yilda, birinchi GDP loyihasini joriy etganimizda paydo bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan to‘siqlarni o‘zimizning achchiq tajribamiz orqali qiyinchilik bilan yengib o‘tdik. Aynan o‘sha paytda farmatsevtika kompaniyalariga GxP amaliyotlarini joriy etishda yordam berish loyihasini yaratish g‘oyasi tug‘ildi.